Янгиликлар
18
“Huquq maktabi” mobil ilovasining afzalliklari
Navoiy viloyati yuridik texnikumida Viloyat adliya boshqarmasi hamda yuridik texnikum mas’ullari tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti tominidan yaratilgan “Huquq maktabi” mobil ilovasini yuklab olish, foydalanish tartibi, afzalliklari yuzasidan targ’ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Ilovada murakkab huquqiy masalalar sodda tilda tushuntirilgan va undan istalgan vaqtda hamda joyda foydalanish mumkin bo’lib, eng asosiy maqsadi aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan. Mazkur ilovadan yuqori malakali ustoz va ekspertlar tomonidan tayyorlangan huquqiy o‘quv materiallari o‘rin olgan.
Ta’kidlash kerakki, mobil ilovaning muvaffaqiyatli foydalanuvchilari Adliya vazirligi va TDYU tomonidan maxsus sertifikat bilan taqdirlanishadi.