Янгиликлар
02
"IDROK" INTELLEKTUAL O'YINI HUDUDIY BOSQICHI TASHKIL ETILDI
Navoiy viloyati yuridik texnikumida iqtidorli o'quvchilarni kashf etish hamda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 296-sonli buyrug' ijrosi ta'minlash maqsadida "IDROK" intellektual o'yini bo'lib o'tdi.
Unda texnikum o'quvchilaridan iborat "14 ta jamoa o'zaro kuch sinashdilar.
Falsafiy, mantiqiy va huquqiy bilimlar yuzasidan jamoalarga berilgan tezkor savollar Adliya boshqarmasi, Navoiy davlat pedagogika instituti va yuridik texnikum mas'ullari tomonidan tuzilgan hakamlar hay'ati tomonidan baholab borildi.
Ko'tarinki kayfiyatda o'tkazilgan mazkur bilimlar bellashuvida;
1-o'rinni "ASTRO"
2- o'rinni "DIPLOMATLAR"
3- o'rinni "NOTARIUS" jamoalari qo'lga kiritdilar.
"Eng ahil jamoa" nominatsiyasi "YUSTITSIYA" jamoasi, "Eng bilimdon talaba" nominatsiyasi diplomlari Axtamov Behzodga topshirildi.
G'olib va barcha faol ishtirok etgan jamoalar yuridik yexnikum rahbariyatining diplomiga hamda 1-o'rinni qo'lga kiritgan "ADVOKATLAR" jamoasi tanlovning Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Intellektual o'yinida o'z an'analariga ega texnikumning "ASTRO" jamoasiga Respublika tanlovida omad va zafarlar tilaymiz!