Янгиликлар
07
“E-qaror” va “Ijro.gov.uz”
“E-qaror” va “Ijro.gov.uz”
Navoiy viloyat adliyaboshqarmasi binosida “E-qaror” va “Ijro.gov.uz” elektron tizimlarida erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 3666-son qaroriga asosan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi va uning hududiy bo‘linmalari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan buyruq, qaror va farmoyishlar “E-qaror” elektron tizimida ishlab chiqilishi, kelishilishi, qabul qilinishi, ro‘yxatga olinishi va e’lon qilinishini doimiy monitoring qilib borishi hamda “Ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazorat olib borishi va “Ijro.gov.uz” tizimini yuritishi hududiy adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.