Янгиликлар
08
#adliya_oʼquvi
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi binosida “mahalla yettiligi” vakillari hamda adliya boshqarmasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoni ijrosi yuzasidan o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
“Aholining kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish, mahallalarga huquqiy axborotni yetkazish hamda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini metodik ta’minlash ishlarini samarali etish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorda adliya organlari va “Mahalla yettiligi” tomonidan joylarda tushuntirish talab etiladigan, to‘liq tartibga solinmasdan kelayotgan mavzular yuzasidan metodik yordam ko‘rsatish bo‘yicha har chorakda kamida bir marotaba muhokama o‘tkazish belgilangan.