Янгиликлар
11
#tengdoshimga huquqiy yordam
Uchquduq tuman Adliya bo'limida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini tashkil etish yuzasidan tadbirlar amalga oshirilmoqda.
“Tengdoshimga huquqiy yordam” mavzusida tumandagi yoshlarga Adliya vazirligining asosiy faoliyat yo’nalishlari,shu jumladan qonunchilik hujjatlari loyihalarini tayyorlash, huquqiy ekspertiza faoliyati, xalqaro hamkorlik, huquqiy targ’ibot va O’zbekistonda yuridik fan va ta’limning rivojlanishi yuzasidan targ’ibot tadbirlarini amalga oshirdi. Tuman MMTB ga qarashli maktablarning bitiruvchi oquvchi yoshlari bilan Adliya bolimida ochiq muloqot o`tkazilib mazkur uchrashuvlarda yoshlar tomonidan TDYU boshqa OTM yurisprudensiya yo’nalishlari va yuridik texnikumga o’qishga topshirish tartibi,yuzasidan tushuntirishlar berildi.