Янгиликлар
11
JOYLARDA KONSTITUTSIYA BURCHAKLARI TASHKIL ETILDI
JOYLARDA KONSTITUTSIYA BURCHAKLARI TASHKIL ETILDI
Navoiy viloyat adliya organlari va muassasalarida konstitutsiya burchaklari tashkil etildi.Aytib o‘tish kerak, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023- yil 1- maydan e’tiboran kuchga kirdi. Bunga 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendum natijasiga ko‘ra 11 ta moddadan iborat tegishli qonunning qabul qilinishi asos bo‘ldi.
Bunga qadar 1992 yildan buyon konstititutsiyaga jami 15 marta o‘zgartish kiritilgan edi. Bu safar esa o‘zgarishlar ko‘lami kattaligi sabab hujjatning yangi tahriri qabul qilindi. Yangilanish natijasida, bosh qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshdi. Umuman, rasmiylarga ko‘ra, konstitutsiya 65 foizga yangilangan.
Adliya organlari tizimida tashkil etilgan konstitutsiya burchaklarida yangilangan konstitutsiya to‘g‘risida turli shakldagi flayerlar, tarqatma materiallari orqali batafsil ma’lumot olish imkoniyati yaratildi.Bundan tashqari, dxm, FHDY bo‘limlariga tashrif buyurgan fuqarolarga qo‘shimcha ma’lumot berish va targ‘ibot materiallarini tarqatish yo‘lga qo‘yilgan.