Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

ONA TILIMIZ - BORLIGIMIZ VA BIRLIGIMIZ IFODASI


Ona tilimiz - millatning ruhi, borligimiz va birligimiz, mustaqilligimiz timsoli.  Mamlakatimizda davlat tili maqomiga ega ona tilimizni asrash va rivojlantirish borasida keng ko‘lamli sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.

"21 oktyabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" ning 35 yilligi munosabati bilan Navoiy mashinasozlik zavodida "Til – millat ko’zgusi!" shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tdi. 

Navoiy viloyati yuridik texnikumi, Viloyat adliya boshqarmasi hamda Navoiy mashinasozlik zavodi hamkorligida tashkil etilgan mazkur ma'naviy-ma'rifiy tadbirda o'quvchilar tomonidan "O'zbek tiliga davlat tilining berilganligi"ning huquqiy asoslari, tarixiy jarayonlar, she'rlar aytib o'tildi. Texnikum iqtidorli o'quvchilari tomonidan  sahna ko'rinishlari, viktorinalar,  musiqa va  milliy raqslar namoyish etildi.  

Tadbir davomida yuridik texnikum direktori o'rinbosari D.Murtazayev "Har shevangda ming jilolar Ona tilim" mavzusida ma'ruza qildi.

Aziz yoshlar, pedagog-xodimlar, Navoiy viloyati yuridik texnikumi jamoasi Sizlarni "21-oktabr - O‘zbek tili bayrami" kuni bilan samimiy  qutlaydi