Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

YANGI O‘ZBEKISTONNI YOSHLAR BILAN BIRGA QURAMIZ


Bugun respublika bo‘ylab "Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz" shiori ostida xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy-targ‘ibot tadbirlari tashkil etib borilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Navoiy davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tdi. Bunda qizlar davrasi tashkil etilib, xotin-qizlarning huquq va manfaatlari, qonunchilikda mavjud imtiyozlar, shuningdek, oila qurish va oilaviy munosabatlarni tartibga solish hamda “Rahbar ayol imidji” xususida so‘z yuritildi.
Huquqiy savodxonlik har bir kishi uchun muvaffaqiyat tomon tashlangan qadamdir. Ayniqsa, xotin-qizlarimiz jamiyatda o‘z o‘rnini topishlari, farzand tarbiyasida,oilaviy munosabatlarda har bir vaziyatga huquqiy jihatdan to‘g‘ri yondasholsalar, jamiyatda tartib, munosabatlarda ishonch ortadi. Tadbirda shu haqda so’z yuritilib, savollarga javob topildi.