Янгиликлар
23
Advokaturaga oid seminar-trening
Navoiy viloyati yuridik texnikumining 2024-2025 o‘quv yili uchun tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq o‘quvchi-yoshlarni huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida uchrashuvlar, seminar-treninglar, davra suhbatlari va targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish belgilangan.
Mazkur rejaga muvofiq texnikumda 23-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi advokatlar palatasi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi advokatlarni kasbiy tayyorlash bo‘yicha huquqiy maslahatchisi Hamroyev Feruz Negboyevich ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.
Savol-javoblarga boy tarzda kechgan mazkur amaliy uchrashuv ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi