Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

ADLIYA VA YOSHLAR UCHRASHUVI


Bugun,  Zarafshon shahridagi "Yulduz" madaniyat uyida Navoiy  viloyati Adliya boshqarmasi hamda viloyat Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda Zarafshon shahridagi yoshlar o‘rtasida  huquqiy bilimlarni oshirish maqsadida "Adliya va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi .

Muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuvda shahar hokimi o‘rinbosari Sevdiyor Uvaytov, shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i Orif Nosirov, shahar yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i Sherzod  Abdullayev, shahar IIB  vakillari va o‘quvchi - yoshlar  ishtirok etishdi.

Tadbir davomida yoshlarning konstitutsiyaga oid bilimlari oshirish, "huquq maktabi" mobil ilovasi, bola huquqlari, oilalarni mustahkamlash, ayollar huquqlarini ta’minlanishi, jinoyatchilikning oldini olish, yangi tahrirdagi konstitutsiyani o‘rganib chiqish va  boshqa masalalar yuzasidan  huquqiy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlar turli huquqiy mavzularda o'zlarini qiziqtirgan savollarga  javob olishdi.