Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Mashhur “Картошка” nomli shokoladning kontrafakti aniqlandi


Mashhur “Картошка” nomli shokoladning kontrafakti aniqlandi
 
Adliya vazirligiga “Nevskiy konditor” MChJga(Rossiya) tegishli tovar belgisining kontrafakt nusxasiishlab chiqarilayotganligi toʻgʻrisidagi murojaati kelib tushdi.

Mazkur murojaat asosida olib borilgan o‘rganishlar natijasida “F.Y” MChJ tomonidan haqiqatdan ham “Nevskiy konditor” MChJga tegishli “Картошка”nomli shokolad mahsulotining kontrafakt nusxasini ishlab chiqarib, savdoga taklif etganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritilib huquqbuzarlik bartaraf etildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni ko‘ra tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan o‘xshash bo‘lgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, o‘rovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular kontrafakt deb hisoblanadi.