Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

"BESHRABOT" - "HUQUQIY MAHALLA"


O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan "Huquqiy mahalla" loyihasi amalga oshirilmoqda.Navoiy viloyatida ham bu boradagi ishlar avjida. Loyiha doirasida hududning Navbahor tumani " Beshrabot" mahallasi tanladi.
Erta tongdan adliya boshqarmasi jamoasi, ishchi guruh a'zolari mahalla hududida fuqoro murojaatlarini o'rganishga kirishdi.
Aytib o'tish kerak bugun kunda mahalla aholisi 3000 dan ortiq, xonadonlar soni 692 ta, 30 yoshgacha bo'lganlar 1,5 ming nafarni tashkil etadi.
Aholini qiynayotgan asosiy masalalar kadastr va shaxsga doir hujjatlarni rasmiylashtirish, bandlik, subsidiya olish, ta'lim krediti, uy-joy ta'miri, moddiy yordam hamda oilaviy munosabatlar bilan bog'liq.
Soha vakillari uyma uy yurish jarayonida aholining ijtimoiy va huquqiy masalalariga yanada oydinlik kiritib, muammolarni alohida tartibda turkumladi.
Shuningdek, adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan huquqiy savolnoma ham o'tkazildi