Янгиликлар
18
Assalomu alaykum, qadrli qiziltepaliklar, aziz ustozlarim.
Assalomu alaykum, qadrli qiziltepaliklar, aziz ustozlarim.
Bugun Qiziltepada tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i sifatidagi faoliyatimni yakunlar ekanman, o‘tgan davr mobaynida men bilan yelkama-yelka turib, tumanda yagona huquq siyosatni yuritishda xizmat qilgan barcha hamkasblarimga o‘zimning samimiy minnadorligimni bildiraman.
Qariyb 7 yil davomida Siz, aziz Qiziltepa ahli bilan ishlaganimdan xursandman. Mehnatda sinalgan, qadri baland, tanti bu yurt insonlari mening hayotimda o‘zining unutilmas o‘rniga ega.
Faoliyatim davomida ushbu xalq orasida kimningdir og‘irini yengil, biror muammosini hal qilib, xursand qila olganimni o‘ylab yanada g‘ururlanaman.
Shu o‘rinda, faoliyatim davomida meni qo‘llab-quvvatlagan barcha tuman ahliga ta’zimdaman. Umrimning o‘tgan bu 7 yili aslo yodimdan chiqmaydi va bu onlarni doimo eng faoliyatimdagi eng yaxshi yillar sifatida qadrlayman.
Barchangizni xonadonlaringizga tinchlik, xotirjamlik, o‘zingizga sihat-salomatlik tilayman.
Barchangizga katta rahmat!
Abduvali ASADOV