Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Adliya vaziri yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi


Adliya vaziri yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi

Bugun, 17-dekabr kuni “Yoshlar forumi-2024” doirasida adliya vaziri Akbar Toshqulov yoshlar bilan uchrashdi.

Tadbirda 250 nafardan ortiq adliya tizimidagi yoshlar, oliy taʼlim muassasalari talabalari, akademik litsey va texnikum oʻquvchilari ishtirok etdi.

Akbar Toshqulov Adliya vazirligi faoliyat yoʻnalishlari, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, istiqboldagi rejalar haqida taqdimot qildi hamda yoshlar bilan oʻzining kasbiy va hayotiy tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.

Ochiq muloqot formatida boʻlib oʻtgan uchrashuvda yoshlar bir qator takliflarni ilgari surdi hamda oʻzlarini qiziqtirgan savollarini toʻgʻridan-toʻgʻri vazirga yoʻllashdi.

Faol ishtirokchilarga Adliya vazirligining esdalik sovgʻalari topshirildi.