Янгиликлар
13
Kontrafakt dori vositalari savdosi aniqlandi
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi ish yurituviga “FAR-VAB” MCHJ ishonchli vakilining kompaniya tegishli bo‘lgan “ПАРЛАМЕНТ/PARLIAMENT” tovar belgilariga o‘xshash belgidan foydalangan holda “PARLAMENT” nomi ostida ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlari Navoiy shahar Markaziy dehqon bozori hududidagi “A.G.” MCHJga tegishli savdo do‘konida sotilayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati kelib tushgan.
Mazkur murojaat asosida o‘tkazilgan o’rganishlar davomida viloyat hududidagi “A.G.” MCHJga tegishli savdo do‘konida “PARLAMENT” nomi ostida ishlab chiqarilgan kontrafakt dori vositalari savdosi aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga “Qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to’g’risida”gi taqdimnoma kiritilib, savdoda mavjud kontrafakt mahsulotlar yo’q qilindi.