Янгиликлар
15
Huquqiy mahalla
G‘ozg‘on shahar adliya bo'limi xodimlari tomonidan "mahalla yettiligi" bilan hamkorligida "Shayxon" MFY aholisining murojaatlari uyma-uy yurgan holda o‘rganilmoqda.
O'rganish davomida fuqaro D.Qodirovaning meros masalasidagi murojaati adliya ish yurituviga olinib, fuqaro nomidan Navoiy tumanlararo ma'muriy sudiga davo arizasi kiritilishi ta'minlandi. Sudning hal qiluv qarori chiqarilishi natijasida G‘ozg‘on shahar davlat notarial idorasi notariusi bilan hamkorlikda onaxonning murojaati qisqa muddatlarda ijobiy hal qilindi va merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma berilishi ta'minlandi.
Shuningdek, bo'lim xodimlari tomonidan "Shayxon" MFY "Ibn Sino" ko'chasidagi 30 dan ortiq xonadonlarda uyma-uy yurish orqali 40 dan ortiq murojaat aniqlanib, adliya bo'limi ish yurutuviga qabul qilindi.