Янгиликлар
16
Prezident Administratsiyasi ishchi guruhi Navbahor tumanida
Kunning ikkinchi yarmida Prezident Administratsiyasi va Navoiy viloyati adliya boshqarmasi mas’ullari Navbahor tumanida bo‘lishdi. Aholi yaratilayotgan qulayliklar "Beshrabot" mahallasi misolida o‘rganildi. Ma’lumki, mazkur hudud adliya vazirligi tomonidan "huquqiy mahalla" deya e’tirof etilib, undagi aholi murojaatlari uyma-uy yurgan holda o‘rganilib, odamlar muammolariga yechim topilgan.
Ishchi guruh tomonidan Navbahor tumanidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi ko‘zdan kechirilib, unda xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi. Ishchi guruh markaz faoliyati va rejalari taqdimoti bilan tanishdi. Uchrashuvda bildirilgan taklif-mulohazalar, muammolar yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.
Shundan so'ng, "Beshrabot" mahallasida ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan kam ta'minlangan oilalar ahvoli xonadonlarga borib xabar olindi.