Янгиликлар
14
"Shayxon"— “Huquqiy mahalla”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida G'ozg'on shahar “Shayxon” MFY “Huquqiy mahalla” deb e'tirof etildi.
Ayni paytda adliya bo'limi xodimlari tomonidan “Mahalla yettiligi” hamkorligida aholining ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy masalalaridagi muammolari uyma-uy yurilgan holda o'rganilmoqda. Fuqarolarni qiynayotgan qator masalalar kadastr va shaxsga doir hujjatlarni rasmiylashtirish, bandlik, subsidiya va krediti uy-joy taʼmiri, moddiy yordam hamda oilaviy munosabatlar ekanligi aniqlanib, adliya ish yurituviga olindi.