Янгиликлар
10
Yoshlar markazida
Yoshlar markazida Navoiy viloyati Adliya boshqarmasi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi hamda Navoiy viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi hamkorligida nutq va yozma savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada oshirish, uning ijtimoiy mavqeyini mustahkamlash maqsadida “Davlat tilida va milliy qadriyatlarga mos nomlardan foydalanish bo‘yicha” targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.
Ma’lumki, bolaga ism qo‘yish FHDY idorasida ota-onaning roziligiga ko‘ra beriladi. Shu boisdan ism tanlanganda ma’noli va bola ulg‘aygach o‘z ismidan faxrlansin. Bolaning manfaatlaridan kelib chiqqan holda, unga kelgusida uning sha’ni va qadrini kamsitishi mumkin bo‘lgan ism berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Tadbirda mavzu yuzasidan adliya boshqarmasi mutaxassisi huquqiy tushuncha berdi.
Ushbu uchrashuvda Oliy ta'lim muassasalari boshlang'ich tashkilot yetakchilari, koordinatorlari hamda talabalar ishtirok etdi.