Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

“STALEKC” tovar belgisiga o‘xshash bo'lgan “CTALEKS” belgisi


Navoiy viloyat adliya boshqarmasi ish yurituviga “GREEN STEEL” MCHJ ishonchli vakilining MGU 45510, MGU 53787-sonli guvohnoma bilan himoya qilinadigan “STALEKC” tovar belgisiga o‘xshash tovar belgidan “A. A” oilaviy korxonasi tomonidan huquq egasining roziligisiz foydalanilayotganligi holati yuzasidan murojaati kelib tushgan.

Mazkur murojaat asosida o'tkazilgan o'rganishlar davomida, viloyat hududidagi "A.A" oilaviy korxonasi tomonidan  qishloq xo‘jaligi asbob-uskunalarini  “UZUM MARKET” savdo platformasida “STALEKC” tovar belgisiga o‘xshash bo'lgan “CTALEKS” belgisidan foydalangan holda tayyorlangan kontrafakt mahsulotlar haqidagi e’lonlarni joylashtirganligi, savdoga taklif qilganlik holati aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga “Qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to’g’risida”gi taqdimnoma kiritilib, “UZUM MARKET” savdo platformasida e'lon hamda mavjud kontrafakt mahsulotlar savdosi oldi olindi.