Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

"Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida sayyor qabul


Aholi muammolarini manzilli o‘rganish, yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan ijobiy natijaga erishish maqsadida tumanda “Huquqiy mahalla” deb e'tirof etilgan "Mustaqillik" MFYda Uchquduq tuman hokimi Uchqun Yelmuratov va tuman adliya bo`limi boshlig'i U.To`rayev hamda tuman  korxona-tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi

Sayyor qabul davomida elektr energiyasi va gaz ta'minoti, yo‘l, uy-joy ta’miri va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mehnat munosabatlari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, bank-kredit masalalarida ham bir qator murojaatlar kelib tushdi. Aholi muammosini ijobiy hal etish maqsadida barcha huquqiy va amaliy ko'makka muhtoj murojaatlar adliya ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, sayyor qabul davomida fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko'rsatilib aholining huquqiy  bilimlarini oshirishga qaratilgan buklet va flayerlar tarqatildi.