Янгиликлар
22
Adliya sayyor qabul
Nurota tuman adliya bo'limi tomonidan "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida "Alisher Navoiy" mahallasida sayyor qabul tashkil etdi.
Sayyor qabul tumanning "Alisher Navoiy" mahallasida tashkil etilgan bo'lib, bugungi kunda mazkur mahallada 1235 nafar fuqaro 235 ta xonadonda istiqomat qilib kelmoqda.
Sayyor qabul davomida elektr energiyasi va gaz ta'minoti, yo‘l, uy-joy ta’miri va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mehnat munosabatlari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, bank-kredit masalalarida ham bir qator murojaatlar kelib tushdi. Aholi muammosini ijobiy hal etish maqsadida barcha huquqiy va amaliy ko'makka muhtoj murojaatlar adliya ish yurituviga qabul qilindi.