Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

G'ozg'on shahrida adliya bo'limi "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida sayyor qabul tashkil etdi


G'ozg'on shahrida adliya bo'limi "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida sayyor qabul tashkil etdi.

Sayyor qabul shaharning “Shayxon” mahallasida tashkil etilgan bo'lib, bugungi kunda  mazkur mahallada 2212 nafar fuqaro 376 ta xonadonda istiqomat qilib kelmoqda.

Sayyor qabul davomida elektr energiyasi va gaz ta'minoti, yo‘l, uy-joy ta’miri va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mehnat munosabatlari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, bank-kredit masalalarida ham bir qator murojaatlar kelib tushdi. Aholi muammosini ijobiy hal etish maqsadida barcha huquqiy va amaliy ko'makka muhtoj murojaatlar adliya ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, sayyor qabul davomida 10 ga yaqin fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko'rsatilishi ta'minlandi.

Sayyor qabul yakunida fuqarolarga birlamchi tibbiy yordam ham ko‘rsatildi.