Янгиликлар
20
Zarafshon shahrida adliya bo'limi "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida sayyor qabul tashkil etdi.
Sayyor qabul shaharning “Bahor” mahallasida tashkil etilgan bo'lib, bugungi kunda mazkur mahallada 7131 nafar fuqaro 2138 ta xonadonda istiqomat qilib kelmoqda.
Sayyor qabul davomida elektr energiyasi va gaz ta'minoti, yo‘l, uy-joy ta’miri va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mehnat munosabatlari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, bank-kredit masalalarida ham bir qator murojaatlar kelib tushdi. Aholi muammosini ijobiy hal etish maqsadida barcha huquqiy va amaliy ko'makka muhtoj murojaatlar adliya ish yurituviga qabul qilindi.
Sayyor qabul jarayonida fuqarolarga birlamchi tibbiy yordam ham ko‘rsatildi.