Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Jamg‘armada oilaviy huquq targ‘ibot oyligi


Xabaringiz bor, yanvar oyi “Oilaviy huquq targ‘iboti oyligi" deb eʼlon qilingan. Shu maqsadda "NKMK jamg‘armasi"ning Oila va xotin-qizlar Kengashi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan Tibbiy-sanitariya bo‘limida targ‘ibot soati tashkil etildi. 

Navoiy shahar adliya bo‘limi bosh mutaxassisi A.Xolmurodov tomonidan oilaviy huquq munosabatlari, oilaviy huquq ibtidosi va intihosi o‘rtasidagi mezonlar bo‘yicha tushuncha berildi.

Oila va xotin-qizlar Kengashi raisi N.Hamidova o‘z ma'ruzasida tibbiyot xodimi va bemor o‘rtasidagi huquqiy munosabat va huquqiy oqibatlarga alohida eʼtibor qaratdi.

Targ‘ibot yakunida tibbiyot xodimlari tomonidan oilaviy va maishiy hayotga oid savollar berildi. Barcha savollarga huquqshunos tomonidan batafsil javob yo‘llandi.