Янгиликлар
18
“Sirdaryo tajribasi”ni tatbiq etish
Adliya vazirligi tomonidan hududiy adliya organlarida 2025-yilga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlarni (KPI) bajarishda e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan masalalar, adliya bo‘limlari faoliyatida “Sirdaryo tajribasi”ni tatbiq etishning tashkiliy va amaliy jihatlariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
ZOOM platformasi orqali onlayn tashkil etilgan seminarda Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari va boshqarma bo'lim boshliqlari, hududiy adliya bo'limlari boshliqlari ishtirok etdi.
Seminarda maqsadli ko‘rsatkichlar erishish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish, alohida ahamiyat qaratish zarur bo‘lgan masalalar yuzasidan zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.