Янгиликлар
29
ADLIYA: TARGʼIBOT KUNI
G‘ozg‘on shahar hokimligida ish beruvchilar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlarining mehnat qonunchiligi bo‘yicha huquqiy savodxonligini oshirish hamda boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlariga jamoat shartnomalarining bajarilishi va hisobot saylovlarini o‘tkazishi bo‘yicha o‘quv seminar o‘tkazildi.
Tadbirda shahar adliya bo‘limi YXKM xodimlari, korxona va tashkilot mas’ul xodimlari ishtirok etishdi. Tadbirda mehnat qonunchiligi va unga kiritilgan o‘zgarishlar, mehnat munosabatlaridagi majburiyat va burchlar xususida, mehnat qonunchiligi hamda qabul qilingan yangi qonun va normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati bo'yicha huquqiy tushunchalar berildi.