Янгиликлар
30
Adliya: Mahalla jinoyatdan xoli hududga aylanadi
Hech bir odam o‘z uyida "jinoyat" sodir qilmaydi. Bu millatimizda azaldan bor qadriyat. Biroq....Tashqi xavf, tarbiyadagi xiyol xatolik yoki ijtimoiy omillar, hodisalar sabab bo‘lib huquqbuzarlik sodir etilsa, demak xavfni o‘z uyimizdan izlashga to‘g‘ri keladi. Jamiyatda jinoyatchilikka qarshi kurashishining sababi – o‘zini xavf-xatardan himoya qilish demakdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1 sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Navoiy viloyatining barch tuman va shaharlaridagi MFYlarida mahalla ettiligi bilan "Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish" bo‘yicha aholi bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarida kam ta’minlangan, mahalladagi uyushmagan yoshlar qatlami, ishsiz fuqarolar, zo‘ravonlikkka duch kelgan va ijtimoiy himoya orderi olgan fuqarolar bilan yuzma-yuz uchrashib, mavzuga oid flayer va bukletlar tarqatilmoqda