Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Maʼmuriy amaliyot markazi ish boshladi


So‘nggi yillarda yurtimizda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi.

Navoiy shahrida haydovchilarga qulaylik yaratish maqsadida yangi markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri ishtirokida yangi ochilgan mazkur YHXB Maʼmuriy amaliyot markazida viloyat huquq-tartibot organlari rahbarlari,  soha  faollari va faxriylar ishtirok etishdi.

Quvonarlisi, Navoiy yuridik texnikumining 10 nafar bitiruvchilari  mazkur markazda o‘z mehnat faoliyatini boshlashdi.

"Uyimga IIV ga qarashli mazkur markazning xizmat kiyimini kiyib borganimda,  oyim xursandchilik va faxrdan yig‘lab yubordilar.  Ushbu texnikumni tamomlaganim va ustozlarimdan olgan bilim uchun xursandman ",  deb suhbat boshladi yuridik texnikum bituruvchisi Tohirbek Yoqubov.

Davlatimiz va xalqimizga xizmat qilish istagida  huquq-tartibot organlarida o‘z o‘rnini egallagan, ota-onasi va ustozlarini eʼzozlagan yoshlarimiz yo‘li doim oq bo‘lsin.