Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

“Milliy liboslar – milliy g‘urur!” chellenji: Navoiy yuridik texnikumi ham ishtirok etmoqda


Respublikamiz bo‘ylab milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash maqsadida “Milliy liboslar – milliy g‘urur!” chellenji keng miqyosda o‘tkazilmoqda. Ushbu tashabbus milliy liboslarimizning go‘zalligini targ‘ib qilish, ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan hurmatni yana bir bor namoyon etish hamda milliy o‘zligimizni his etish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Navoiy yuridik texnikumi jamoasi – o‘qituvchilar, xodimlar va o'quvchilar ushbu ezgu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, chellenjni davom ettiradi! Milliy liboslarimizni ardoqlash, ularning tarixiy va madaniy ahamiyatini anglash orqali biz millatimizning boy merosini asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga yetkazish yo‘lida hissa qo‘shamiz.

Har bir milliy libos – bu bizning tariximiz, madaniyatimiz va faxrimiz timsolidir! Keling, milliy g‘ururimizni birgalikda ulug‘laylik!