Янгиликлар
31
Navbahor tuman adliya bo‘limi boshlig`ining sessiya ishtirokchilari va deputatlarga 2024-yilning 4-choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida A X B O R O T I tinglandi.
2024-yilning 4-choragida Xalq deputatlari tuman kengashining 5 ta normativ tusdagi qarori hamda tuman hokimining 2 ta normativ tusdagi qarori huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish davomida 450dan ortiq qonunbuzilish holatlari aniqlanib, natijasiga ko‘ra vakolatli idoralarga 60 ta taqdimnoma va sudlarga 920 mln. so‘mlik 81 ta ariza kiritildi, 38 nafar shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Yuridik shaxslar foydasiga 4 334 177 so‘m pul mablag‘lari va zararlar undirilishi ta’minlandi, 16 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi, 376 ta noqonuniy hujjat bekor qilindi yoki qonunga muvofiqlashtirildi.