Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Navoiy yuridik texnikumida giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi


Navoiy yuridik texnikumi va Innovatsiyalar universiteti yoshlari o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olishga qaratilgan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Respublika IIV mutaxassislari, Navoiy viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari, Respublika narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyati filiali mutaxassisi, texnikum va  universitet o‘qituvchi-xodimlari hamda yoshlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida mutaxassislar giyohvandlikning salbiy oqibatlari, uning jamiyat va shaxsga yetkazadigan zarari haqida keng ma’lumot berdilar.

Shuningdek, ushbu illatning oldini olish borasida davlat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, qonunchilikdagi javobgarlik masalalari hamda ogohlik va xavfsizlikni ta’minlashning muhim jihatlari muhokama qilindi.