Янгиликлар
03
Adliya: Ochiq eshiklar kuni
Нududlardagi adliya bo‘limlari o‘quvchilarni kasb-hunar sirlarnini o‘rganishga motivatsiya beradigan maskanlardan biriga aylangan.G‘ozg‘on shahar 2-umumiy o‘rta ta'lim maktabi 7-sinf o‘quvchilari shahar Adliya bo‘limiga sayohat qildilar.
"Ochiq eshiklar kuni" tadbirida adliya xodimlari o‘quvchilarga huquqshunoslik kasbi sirlari, davlat xizmatlari markazida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari turlari, FHDY hamda notarius faoliyati, shuningdek, mustaqil tarzda davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha kerakli ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, yoshlarga qununchilikdagi yangiliklar, ular uchun mavjud imtiyoz va qulayliklar xususida so‘z yuritildi.