Янгиликлар
12
#uch_avlod_uchrashuvi
Adliya organlari azaldan o‘z faoliyatida qadriyatlarga tayanib keladi. "Ustoz shogird" an'anasi, kasbga sadoqat, mehnatsevarlik, adolatlilik, o‘zaro hurmat va ishonch adliya qadriyatlari sirasidan. An'ana doirasida adliya boshqarmasida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Adliya organlari tizimida uzoq yillar faoliyat yuritgan ustozlar, shuningdek, о‘rta avlod vakillari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida, adliya organlari tarixi, yillar mobaynida tizimda shakllanib kelgan qadriyatlar, adliya organlarining bugungi kundagi vazifasi, soha vakillari uchun qo‘yilayotgan zamonaviy talablar xususida so‘z yuritildi. Bugun tizim yanaga mukammal mexanizm asosida ishlamoqda FHDY, YXKMlari, davlat xizmatlari markazlari xalqni adliyaga yanada yaqinlashtirdi. Bu dargohda inson tug‘ilganidan umrining so‘ngiga qadar bo‘lgan huquqiy munosabatlar tartibga solinadi.