Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Adliya: HUQUQBUZARLIKLARNING PROFILAKTIKASI - "CHINOR" MAHALLASIDA


Adliya organlari tomonidan huquqbuzarliklarning ijtimoiy profilaktikasi bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda. Navbatdagi manzil Navoiy shahridagi "Chinor" mahallasi.

Tadbir doirasida mahalla yettiligi bilan urashilib, huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli bo‘lganlarga huquqiy ijtimoiy, psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha tushuntirishlar olib borildi. 

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasining PQ-1 son qaroriga asosan belgilangan tartib taomillarga alohida urg‘u berilib, ma’muriy huquqbuzarlikni qayd etishda yangicha yondoshuv, ya’ni avtomatik ravishda jarayonlar amalga oshirilishi aniq misollarda ko‘rsatilib berildi.

Tadbir davomida aholiga qaror mazmun mohiyatini tushuntirish yuzasidan uyma-uy muloqotlar amalga oshirildi. Qaror mohiyatiga oid flayer va bukletlar tarqatildi.