Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

NAVOIYDA ZIYO ULASHILMOQDA


"ZIYO ULASH" aksiyasi adliya organlari tizimida an’ana tusiga kirdi. Mazkur aksiya avval mahallalarda yoshlar kutubxonasi tashkil etilib o‘tkazilgan bo‘lsa, keyinchalik ta’limda, ya’ni huquq sinflarida ziyo burchaklari yaratildi. Endilikda bu jarayon odamlar gavjum maskanlardan biri Davlat xizmatlari markazlarida davom etmoqda. Aksiya o‘z nomi bilan maqsadini anglatadi. 

Navoiy viloyatida bu aksiya chelenj shaklida tus olib, keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. Navoiydagi mavjud 11 ta tuman va shahar Davlat xizmatlari markazlarida aksiya doirasida kitob almashish tadbiri yuqori saviyada o‘tkazilmoqda. Masalan, Navoiy shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazida NNT vakillari o‘zlari sevib o‘qigan kitoblarini kutubxonaga topshirdilar. Jovondagi badiiy adabiyotlardan o‘qish uchun kitob almashdilar. 

Аksiya uchun markazlarda aniq bir vaqt belgilanmagan, kun mobaynida tadbirda ishtirok etish istagidagi fuqarolar uchun  eshiklar ochiq.