Янгиликлар
21
Adliyadan yana bir tuhfa
Navoiy viloyatida adliya organlarining yana bir binosi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi masʼullari, viloyat hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan binoda zamonaviy shaharsozlik normalariga muvofiqlik va fuqarolar uchun qulay sharoitlarni yaratishga alohida eʼtibor berilgan. Uning yer maydoni 2000 kv. metrdan ortiq.
Bu yerda adliya organlari tasarrufidagi 4 ta tashkilot faoliyat yuritmoqda. Jumladan, Navoiy viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi FHDY arxivi va notarial arxiv, Oʻzbekiston Notarial palatasi hududiy boshqarmasi hamda Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Navoiy viloyat boʻlimi xalq xizmatida.
Binoda fuqarolarning sifatli huquqiy xizmatdan foydalanishlari uchun barcha sharoitlar mavjud.