Янгиликлар
20
Adliyadan yana bir tuhfa
Navoiy viloyatida adliya organlarining yana bir binosi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi mas’ullari, viloyat hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Davlat xususiy sherikchilik asosida qurilgan binoda zamonaviy shaharsozlik normalariga muvofiqlik va fuqarolar uchun eng qulay sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor berilgan. Uning yer maydoni 2000 kv.m dan ortiq.
Bu yerda adliya organlari tasarrufidagi 4 ta tashkilot faoliyat yuritmoqda. Jumladan, Navoiy viloyatadliya boshqarmasi huzuridagi FHDY arxivi va notarial arxiv,O‘zbekiston Notarial palatasi hududiy boshqarmasi hamda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Navoiy viloyat bo‘limi xalq xizmatida.
Ma’lumot uchun aytib o‘tish joiz, hozirda notarial arxiv hujjatlari 46 mingtani, FHDY arxiv hujjatlari 25 mingtani (jami 71 mingta) tashkil etib, mazkur hujjatlarning kelgusida o‘sib borishini inobatga olgan holda, binoning yerto‘la qismida va 2-qavatida jami 98 mingta (30% ortiq) arxiv hujjatlarini saqlash uchun maxsus saqlovxonalari tashkil etilgan.
Binoda fuqarolarning sifatli huquqiy xizmatdan foydalanishlari uchun barcha sharoitlar mavjud. Zero, adliya organlari xalq uchun doimo xizmatda!