Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Kontrafakt kitoblar savdosiga chek qoʻyildi


Vazirlikka “Trust and Support” MChJning “Muqaddima” nomli asarning kontrafakt nusxalari savdosi bilan shugʻullanayotgan shaxslarga tegishli chora koʻrish boʻyicha yoʻllagan murojaati kelib tushdi.

Murojaatni oʻrganish davomida “Muqaddima nomli asarning kontrafakt nusxalari “B. U.” MChJ , “A. H.“ MChJ, “X. B.” MChJ, “B. B” MChJlar tomonidan sotilayotganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan yuqorida nomi keltirilgan jamiyatlarga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritildi hamda kontrafakt nusxalar savdodan olib qoʻyildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 177 prim 1-moddasining birinchi qismiga koʻra, asarlardan qonunga xilof ravishda foydalanish, xuddi shuningdek asarlarning kontrafakt nusxalarini takrorlash, tarqatish, asarlarning kontrafakt nusxalarini, shuningdek ularni takrorlash hamda tarqatish uchun foydalaniladigan materiallar va uskunalarni hamda boshqa huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.