Янгиликлар
17
Adliya: Mehnat yarmarkasi - bandlikka ko'mak
Navbahor tumani "Ko'hron" mahallasida "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida Navbahor tumani adliya bo'limi tomonidan hamkor tashkilotlari ishtirokida tadbir o'tkazildi. Navbahor tumani 2-sonli Politexnikumda ishsiz yoshlar, ishsiz xotin-qizlar, probatsiya guruhida turgan va band bo‘lmagan aholi bandligini ta’minlash maqsadida, adliya bo`limi, tuman hokimligi, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida ko‘rgazmali mehnat yarmarka tashkil etildi.
Yarmarkada tumandagi 70 ta korxona va tashkilotlar 184 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasiga 116 nafar ish izlovchi fuqarolar jalb etildi.
Mehnat yarmarkasida tumandagi mavjud ish o‘rinlariga ishga taklif etilib xamda xususiy ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari va imkoniyatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.