Янгиликлар
17
Adliya: Aholiga bepul tibbiy yordam
“Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida “Oqsoch” MFY aholisi uchun 22 - oilaviy shifokorlik punktida tuman ko'p tarmoqli markaziy poliklinikasida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil etildi.
Oʻtkazilgan tadbirda mobil laboratoriya va rentgen qurilmasini jalb etgan holda tumandagi tibbiyot muassasalaridan onkolog, terapevt, kardiolog, LOR, dermatolog, ginekolog, UZI, stomatolog, pediatr, jarroh va boshqa mutaxassislar tomonidan mahalladagi 106 nafar fuqaro tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Tibbiy ko‘rik davomida barcha bemorlarga tibbiy maslahatlar va viloyat tibbiyot muassasalariga yo‘llanmalar berildi.