Янгиликлар
14
Mahallamda jinoyatga o'rin yo'q
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʼyicha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-1-sonli qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish borasida "Mening mahallamda jinoyat boʼlmaydi" shiori ostida targʼibot tadbiri oʼtkazildi va aholi o`rtasida uyma- uy yurish orqali huquqiy muammolari aniqlandi.
Har bir mahallada xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, kiberjinoyatlar, firibgarlik, tovlamachilik, jinoyatlari hamda internet, veb-saytlar va sohta internet dasturlarida zoʼravonlikni targʼib qiluvchi buzgʼunchi gʼoyalardan asrash boʼyicha tushuntirishlar berildi.
Jarayonda aholining kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolar, ijtimoiy ta'minot, sog'liqni saqlash, yer, uy-joy, oila masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi