Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Adliya: Aholiga bepul tibbiy yordam


Uchquduq tuman adliya bo’limi tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida “Do'stlik” MFY da “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida mahalla aholisi uchun tuman xotin-qizlar bo'limi hamda tuman "Ijtimoiy himoya markazi" bilan hamkorligida bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Tibbiy kurik davomida aholiga onkolog, terapevt, kordiolog, LOR, dermatolog, ginekolog, UZI, stamatolog, pediatr, jarroh va boshqa mutaxassislar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi.  Mahallaning tibbiyot markaziga kelishga imkoniyati yo'q bo'lgan fuqarolar uchun uyma-uy yurgan holda malakali shifokorlar tibbiy xizmat ko'rsatdi.