Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Adliya: Sayyor xizmat tufayli keksalar duosidamiz.


O'zgalar parvarishiga muhtoj insonlar uchun adliya organlarida alohida qadriyat shakllangan. Keksalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarning davlat xizmatlariga ehtiyoji borligi aniqlangandan yoki murojaat tushgandan xonadoniga borib sayyor xizmat ko'rsatiladi.

-Xabar berishingizning oʼzi kifoya. Kasb taqozosi yuzasidan bilganimiz shuki, har bir xonadonning davlat xizmatiga ehtiyoj bor. Аmmo, nogiron, yurolmaydigan, yotoqdagi keksalar, qarovchisi yoʼq otaxon-u, onaxonlarning bu xizmatni markazga borib olishga imkoniyati yoʼq,- deydi davlat xizmatchilari.

Nurota tumanining "Eshon Sudur", Konimex tumanining "Sho'rtepa", Qiziltepa tumanining "Furqat", Karmana tumanidagi "Dehqon" mahallalrida betobligi tufayli uyidan chiqa olmaydigan nogoronligi mavjud fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmati fuqarolarning uyiga borib ko‘rsatildi.