Янгиликлар
13
Maktablarning "Huquq sinfi"da huquq darslari o'tilmoqda.
Uchquduq tumanining 18-umumiy o'rta ta'lim maktabining "Huquq sinfi"ga tahsil olayotgan yuqori sinf o‘quvchilari uchun o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘ulotida mulk huquqi tushunchasi, shartnomalar va ularning turlari, fuqarolik huquqiy munosabatlar kabi mavzular qamrab olindi.
O‘quv mashg‘ulolari tuman adliya bo'limi xodimlari va Iqtisodiy ishlar bo'yicha tuman sudi sudyasi D.Turdiyevlar tomonidan olib borildi.