Янгиликлар
24
“Kontrafaktsiz oy”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi PQ–4965-son qarori birinchi ilovasi bilan Intellektual mulk muhofazasini mustahkamlash va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan.
Mazkur yo‘l xaritasining 19-bandida har yili bir marta Respublika bo‘ylab kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasiga qarshi real samarali kurashishni ko‘zda tutuvchi hamda targ‘ibot-tashviqot ruhi bilan sug‘orilgan “Kontrafaktsiz oy” oyligini o‘tkazish belgilangan. Shunga ko‘ra, joriy yilning 15-fevralidan boshlangan “Kontrafaktsiz oy” oyligi yuridik texnikumda keng targ'ib etildi.
Navoiy yuridik texnikumida mutaxassislar tomonidan oylik davomida yoshlarni, ya’ni oddiy iste’molchini kontrafakt mahsulotga aldanib qolmasligi uchun “Biz kontrafaktga qarshimiz!” shiori ostida targ'ibot darslari olib borildi.