Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

NAVOIYDA HAM TADBIRKOR AYOLLAR KO‘PAYADI


Adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Navoiy viloyat xotin-qizlar tadbirkorlik markazida Prezident qarori targ‘iboti yuzasidan tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo'lgan, kasb-hunarga o‘qitilayotgan xotin-qizlar uchun amaliy-seminar tashkil etildi.
Ma’lumki, mamlakat rahbarining “Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 103- son qaroriga asosan, 2 million nafar xotin-qizning bandligini taʼminlash, 250 ming nafarini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish, 250 ming nafar xotin-qizlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish, 50 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni sanatoriylarda sogʻlomlashtirish hamda ularda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha motivatsion seminarlar tashkil etish singari vazifalar belgilab berildi.
Tabir davomida shu haqda so‘z yuritilib,hujjatda nazarda tutilgan loyihalar va mas’ul idoralarning vazifa va funksiyalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.