Янгиликлар
26
Karmanada aholi murojaatlari o'rganildi
Karmana tumanining "Talqoq" mahallasida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i U. Abdullayev sayyor qabul o‘tkazdi. Unda aholi murojaatlarini boshqarma boshlig‘i hudud faollari va mutasaddilari qabul qildi.
Qabulga kelgan fuqarolar uy-joy ta’minoti, ta’lim, tadbirkorlik uchun kredit, davolanish uchun pul mablag‘i olish, sud-huquq masalasi, mehnat munosabatlari, ishga joylashish kabi murojaatlar bilan yuzlandi. Jarayonda fuqarolarning huquqiy va adliya sohasida duch kelayotgan muammo va takliflarini ham o‘rganildi.