Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Mahallamda jinoyat bo'lmaydi


Qiziltepa tumanida adliya organlari tomonidan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Navbatdagi muloqot tumandagi 1-son politexnikumida "Mahallamda jinoyat bo'lmasligiga men ham mas'ulman" mavzusida bo'ldi. Suhbat davomida jinoyatchilikni oldini olish bo'yicha qonunchilikdagi tartiblar xususida so'z yuritildi.

Yoshlarga uchrashuv davomida “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 1-son qarori,  huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli bo‘lganlarga huquqiy ijtimoiy, tibbiy, psixologik yordam ko‘rsatish yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.

Shuningdek, huquqbuzarliklar, jinoyatchilik alomatlari haqida yoshlar ogohlikka chorlandi. Uchrashuv yakunida mavzuga oid flayer va bukletlar tarqatildi. Yoshlarni qiziqishlari intilishlari tinglanib ularni kasbga yoʻnaltirish borasida maslahatlar berildi.