Янгиликлар
16
NAVOIYDA "ENG YAXSHI HUQUQ O'QITIVCHISI" KO'RIK-TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI O'TKAZILDI
Adliya vazirligi hamda maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan qo'shma qaroriga binoan "Eng yaxshi huquq o'qituvchisi" tanlovi o'tkazildi.
Tanlovda hududdagi 11 ta tuman shahardan jami 33 nafar huquq fani o'qitivchilari ishtirok etdi. Tanlovning tuman va shahar bosqichi g'oliblari ikki shartda o'zaro kuch sinashdi. Hakamlar hay'ati ishtirokchilarning huquqiy bilim darajasi, notiqlik mahoratini ham inobatga olindi.
Tanlov natijalariga ko'ra:
Xatirchi tumanidagi 61-maktab o'qituvchisi Muxriddin Boltayev - 1-o'rinni;
Navoiy shahridagi 11-maktab o'qituvchisi Alisher Akromov - 2-o'rinni;
Karmana tumanidagi 1-maktab o'qituvchisi Aziza Abduhalimova - 3-o'rinni egalladi.
G'oliblarga adliya hamda maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari tomonidan tayyorlangan diplom va qimmatbaho sovg'alar topshirildi. Shu bilan birga tanlovning respublika bosqichiga yo'llanma berildi.